RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA U BO’YICHA ILMIY YONDASHUVLAR TAHLILI
Keywords:
raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, raqamli texnologiyalar, raqamli platforma, innovatsiya, ma’lumotlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy tizim, raqamlashtirish.Abstract
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot tushunchasining
mazmun-mohiyati va uning zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni ilmiy-nazariy
jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va
rivojlanishiga oid turli ilmiy yondashuvlar ko‘rib chiqilib, mazkur
tushunchaning iqtisodiy mazmuni, asosiy xususiyatlari hamda an’anaviy
iqtisodiyotdan farqli jihatlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar,
ma’lumotlar, raqamli platformalar, innovatsiyalar va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining iqtisodiy jarayonlardagi o‘rni tahlil qilingan. Ilmiy
adabiyotlarda raqamli iqtisodiyot tushunchasiga berilgan ta’riflar o‘rganilib,
ularning umumiy va farqli jihatlari tizimlashtirilgan. Tadqiqot natijasida
raqamli iqtisodiyot nafaqat raqamli texnologiyalardan foydalanishga, balki
iqtisodiy faoliyatni tashkil etish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, boshqaruv
va qiymat yaratish jarayonlarining transformatsiyasiga asoslangan ko‘p qirrali
iqtisodiy hodisa ekanligi asoslangan.