RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA XALQARO TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
raqamli iqtisodiyot, xalqaro turizm, innovatsion texnologiyalar, elektron xizmatlar, turizm samaradorlik, investitsiya, raqamlashtirish.Abstract
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida xalqaro
turizmni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari hamda uning milliy
iqtisodiyot taraqqiyotiga ta’siri ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot
davomida turizm xizmatlarini raqamlashtirish, elektron platformalardan
samarali foydalanish va innovatsion texnologiyalarni turizm sohasiga tatbiq
etishning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro turizmni
rivojlantirish orqali hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish,
xizmatlar bozorini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga
alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, raqamli
texnologiyalarni turizm sohasida keng qo‘llash bo‘yicha ilmiy taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan.