BO‘LAJAK CHET TILI O‘QITUVCHILARIDA CEFR ASOSIDA AKADEMIK VA KASBIY LUG‘AT BOYLIGINI KENGAYTIRISH METODIKASI
Keywords:
leksik kompetensiya, CEFR, akademik lug‘at, kasbiy lug‘at, bo‘lajak o‘qituvchi, descriptor, task-based learning, metodika.Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining leksik
kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida CEFR (Common European
Framework of Reference for Languages) standartlari asosida akademik va
kasbiy lug‘at boyligini kengaytirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda leksik
kompetensiyaning o‘qituvchi tayyorlashdagi ahamiyati ochib berilgan, CEFR
descriptorlari doirasida B2 va C1 darajalar uchun qo‘yiladigan talablar tahlil
qilingan. Bundan tashqari, task-based learning, descriptorlarga asoslangan
mashqlar, korpus lingvistikasidan foydalanish, axborot texnologiyalarini
qo‘llash, lingvokulturologik va integrativ yondashuvlar metodlari taklif etilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, CEFR talablariga asoslangan kompleks metodika
bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining akademik va kasbiy lug‘at salohiyatini
samarali oshirishga xizmat qiladi.