ELEKTRON HUJJATLAR BAZASINI YARATISHNING NAZARIY VA TEXNOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
Elektron hujjatlar bazasi, veb-ilova, pedagoglar ma’lumotlari, HTML5, CSS3, Bootstrap 5, JavaScript, JSON, ma’lumotlar boshqaruvi, responsive dizayn, avtomatlashtirish, raqamlashtirish.Abstract
Mazkur ishda maktab pedagoglari uchun elektron hujjatlar
bazasini yaratishning nazariy va texnologik asoslari yoritilgan. Zamonaviy
veb-texnologiyalar yordamida pedagogik hujjatlarni elektron shaklda saqlash,
boshqarish va tezkor qidirishni ta’minlovchi tizim ishlab chiqish masalalari
ko‘rib chiqilgan. Loyihani yaratishda HTML5, CSS3, Bootstrap 5, JavaScript
va
JSON texnologiyalaridan foydalanilgan bo‘lib, ular tizimning
samaradorligi, moslashuvchanligi va foydalanish qulayligini ta’minlaydi.
Tadqiqot davomida HTML5 semantik teglarining imkoniyatlari, CSS3
stilizatsiya vositalari, Bootstrap 5 freymvorkining responsive dizayn
yaratishdagi afzalliklari hamda JavaScript dasturlash tilining zamonaviy ES6
funksiyalari tahlil qilingan. JSON texnologiyasi ma’lumotlarni strukturali
saqlash va boshqarishda markaziy vosita sifatida qo‘llanilgan. Yaratilgan
elektron hujjatlar bazasi pedagoglar haqidagi ma’lumotlarni tizimli ravishda
yuritish, hujjatlarni saralash, filtrlash, qidirish va yangilash imkonini beradi.
Ushbu tizim maktab ma’muriyati ish faoliyatini avtomatlashtirish, vaqt sarfini
kamaytirish va hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.