BOLALARDA SHIFOXONA ICHI INFEKTSIYALARINING EPIDEMIOLOGIK TAHLILI

Authors

  • Xomidova Gulsanamxon Farxodjon qizi Author
  • Mahmudjonova Shirin Shuxratjon qizi Author

Keywords:

Shifoxona ichi infektsiyalari, retrospektiv epidemiologik tahlil, antibiotiklarga chidamli bakteriyalar, xavf omillari, profilaktika

Abstract

Bolalarda nozokomial infektsiyalarning paydo boʻlishining 
asosiy omillari: bolalardagi zaif immunitet, bemorlarning kasalxonada uzoq 
muddat qolishi, turli xil operatsion manipulyatsiyalar va boshqa kasalliklar 
birga kelishi ( irsiy va genetik). Respublikamizda  
shifoxona ichi 
infektsiyalarining 2021-2023-yilgi kasallanish holati epidemiologik tahlil 
qilinganda,  
2021-yilda 773 ta, 2022-yil 877 ta, 2023-yilda esa 896 ta 
kasallanish holatlari qayd etildi. Bundan koʻrinib turibdiki, kasallanish 
tendensiyasi 2021-yilga nisbatan 2023-yilga kelib keskin oshgan. 14 yoshgacha 
boʻlgan bolalarda shifoxona ichi infektsiyalari bilan kasallanish absolyut 
koʻrsatkichlari 2021-yilda 333 ta, 2022-yil 410 ta, 2023-yilda esa 431 tani 
tashkil etmoqda. Viloyatlar kesimida tahlil qiladiganda,  
eng yuqori 
koʻrsatkichlar 2021-yil Toshkent shahri (57,35%) va Andijon viloyatida 
(18,6%) qayd etildi. 2022-yilda esa Toshkent shahri, Andijon va Samarqand 
viloyatlari mos ravishda 51,5%, 15,6% va 8,8% bilan qayd etildi. Tadqiqot 
natijalariga koʻra, 2023-yilda 14 yoshgacha boʻlgan bolalarda shifoxona ichi 
infektsiyalari bilan kasallanish holati quyidagilarni tashkil etdi: Toshkent 
shahri 57,3%, Andijon viloyati 11,6% va Samarqand, Surhondaryo viloyatlari 
5,8%. 

References

Published

2026-05-27