GULCHILIK TARMOG‘I IQTISODIY ASOSLARINI MODERNIZATSIYA QILISH
Keywords:
gulchilik tarmog‘i, modernizatsiya, raqamlashtirish, agrobiznes, issiqxona xo‘jaligi, innovatsiyalar, ishlab chiqarish samaradorligi, eksport, agromarketing, investitsiyalaAbstract
Mazkur maqolada agrar iqtisodiyotni raqamlashtirish va bozor
raqobatining kuchayishi sharoitida gulchilik tarmog‘i iqtisodiy asoslarini
modernizatsiya qilishning zamonaviy yo‘nalishlari yoritilgan. Gulchilik
sanoati korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligi, logistika, marketing
hamda investitsion ta’minot bilan bog‘liq muammolar tahlil qilingan.
Innovatsion texnologiyalarni joriy etish, boshqaruvning raqamli
platformalaridan foydalanish, issiqxona xo‘jaliklarini avtomatlashtirish va
eksport salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Gulchilik tarmog‘ini barqaror rivojlantirish, rentabellik va raqobatbardoshlikni
oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy iqtisodiy boshqaruv modelini
shakllantirish zarurligi asoslab berilgan. Agrar sektor transformatsiyasi
sharoitida tarmoq faoliyatining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning
asosiy yo‘nalishlari taklif etilgan