SURXONDARYO VILOYATI TERMIZ TUMANI MISOLIDA YER DEGRADATSIYASI VA CHO‘LLANISH JARAYONLARINI KAMAYTIRISH HAMDA GLOBAL EKOLOGIK YECHIMLARNI JORIY ETISH YO‘LLARI
Keywords:
Yer degradatsiyasi, cho‘llanish, tuproq sho‘rlanishi, eroziya, ekologik muammolar, agroo‘rmonlashtirish, melioratsiya, suv resurslari, tomchilatib sug‘orish, GIS texnologiyalari, ekologik monitoring, biologik xilma-xillik, iqlim o‘zgarishi, Surxondaryo viloyati, Termiz tumani.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Surxondaryo viloyati Termiz
tumani hududida yuz berayotgan yer degradatsiyasi va cho‘llanish
jarayonlarining ekologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy oqibatlari kompleks tarzda
tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida hududning tabiiy-geografik xususiyatlari,
iqlim sharoiti, tuproq va suv resurslari holati hamda antropogen omillarning
ekologik tizimga ta’siri o‘rganildi. Ayniqsa tuproq sho‘rlanishi, shamol va suv
eroziyasi, yaylov degradatsiyasi, biologik xilma-xillikning kamayishi kabi
muammolarning hudud taraqqiyotiga salbiy ta’siri ilmiy asosda yoritildi.
Maqolada cho‘llanish jarayonlarini kamaytirish maqsadida suv tejovchi
texnologiyalarni joriy etish, agroo‘rmonlashtirish, meliorativ holatni
yaxshilash, GIS va masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanish,
ekologik ta’limni rivojlantirish hamda xalqaro ekologik tajribalarni hudud
sharoitiga moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari
ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududning tabiiy resurslaridan oqilona
foydalanish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.