DAVLAT BUDJETI, INVESTITSIYALAR VA KREDITLAR HISOBIGA MOLIYALASHTIRISH JARAYONLARI
Keywords:
Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish jarayonlarida sogʻliqni saqlash, taʼlim va ijtimoiy himoya ustuvor yoʻnalish sifatida belgilandi. Jumladan, maktablar, bogʻchalar, shifoxonalar qurilishi va taʼmiri uchun trillionlab soʻm mablagʻlar ajratildi. Energetika tizimini modernizatsiya qilish va “yashil iqtisodiyot” dasturlarini rivojlantirish ham budjet xarajatlarining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻldi.Abstract
Bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda
davlat budjeti, investitsiyalar va kredit mablagʻlari muhim moliyaviy manba
hisoblanadi. Ayniqsa, 2025-yilda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar, infratuzilma loyihalari hamda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish
jarayonlarida ushbu moliyalashtirish mexanizmlarining oʻrni yanada ortdi.
Davlat budjeti orqali taʼlim, sogʻliqni saqlash, energetika, transport va ijtimoiy
himoya tizimlari moliyalashtirilayotgan boʻlsa, investitsiyalar va kreditlar
iqtisodiyotning real sektorini modernizatsiya qilish hamda yangi ish oʻrinlari
yaratishda asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda.2025-yil uchun Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat budjeti daromadlari 308,5 trillion soʻm, xarajatlari esa
344,6 trillion soʻm etib belgilandi. Budjet taqchilligi YaIMga nisbatan 3 foiz
atrofida prognoz qilindi. Mazkur mablagʻlarning asosiy qismi ijtimoiy
xarajatlarga yoʻnaltirilgan boʻlib, davlat tomonidan aholining turmush
darajasini yaxshilash va kambagʻallikni qisqartirishga alohida eʼtibor qaratildi.