ANDIJON TUMANIDA SVETOFOR TIZIMLARINI MODERNIZATSIYA QILISH ORQALI TRANSPORT HARAKATINI TARTIBGA SOLISH
Keywords:
Svetofor tizimlari yo‘l harakatini boshqarishning eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, transport vositalari va piyodalar harakatini tartibga solishda katta ahamiyatga ega.Abstract
Bugungi kunda transport infratuzilmasini rivojlantirish va yo‘l harakati
xavfsizligini ta’minlash barcha hududlar uchun muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Aholi sonining ortishi, avtomobillar miqdorining ko‘payishi
hamda iqtisodiy faollikning oshishi natijasida yo‘llardagi transport yuklamasi
sezilarli darajada ortmoqda. Ayniqsa, chorrahalarda yuzaga keladigan
tirbandliklar transport vositalarining harakat tezligini pasaytirib, vaqt
yo‘qotishlari, yoqilg‘i sarfining ortishi va ekologik muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Shu sababli zamonaviy svetofor tizimlarini joriy qilish va ularni
modernizatsiya qilish transport harakatini samarali tashkil etishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi [1]. Andijon tumanida ham yo‘l
infratuzilmasini rivojlantirish jarayonida svetofor tizimlarini takomillashtirish
dolzarb masalaga aylangan.