QADRIYATLAR TRANSFORMATSIYASI VA ZAMONAVIY TALQIN
Keywords:
Jadid dramaturgiyasi, qadriyatlar transformatsiyasi, gumanizm, aksiologiya, Hamza Hakimzoda Niyoziy, “Maysaraning ishi”, Mullado‘st, ma’rifatparvarlik, ijtimoiy tanqid, milliy o‘zlik, globallashuvAbstract
Ushbu maqolada jadid dramaturgiyasida ilgari surilgan qadriyatlar tizimi va gumanistik imkoniyatlar falsafa tarixi hamda aksiologiya nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Tadqiqotda qadriyatlar transformatsiyasi jarayoni F.Nitsshe va M.Sheler kabi mutafakkirlarning falsafiy yondashuvlari prizmasida ochib berilgan. Shuningdek, jadid adabiyotining, xususan, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi” tragikomediyasining ijtimoiy-tanqidiy mohiyati, undagi insonparvarlik ideallari, kulgi va iztirob sintezi hamda xotin-qizlar ozodligi masalalari tahlil qilingan. Maqolada sovet davridagi mafkuraviy tazyiqlar va mustaqillik davridagi milliy tiklanish jarayonida jadid qadriyatlarining interpretatsiyasi hamda ularning XXI asr global dunyosidagi modernizatsiyalashgan o‘rni yoritilgan.