O‘QUVCHILARDA HAYOTIY MAQSADLARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
hayotiy maqsad, shaxs rivojlanishi, motivatsiya, o‘quvchi, psixologik omillar, o‘z-o‘zini anglash, qadriyatlar tizimi, maqsadga intiluvchanlik, ijtimoiy muhit, oila, maktab, ruhiy rivojlanish, mas’uliyat, istiqbolni rejalashtirish, psixologik qo‘llab-quvvatlashAbstract
Mazkur maqolada o‘quvchilarda hayotiy maqsadlarni shakllantirishning psixologik asoslari, ushbu jarayonga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar hamda shaxs rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan. O‘quvchilarning o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ya olishi, kelajakka nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishi va o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholashi ularning shaxsiy kamoloti hamda ijtimoiy faolligini ta’minlovchi muhim omillardan biri ekanligi tahlil qilingan. Shuningdek, oila, maktab va ijtimoiy muhitning hayotiy maqsadlarni shakllantirishdagi o‘rni, motivatsiya, qadriyatlar tizimi hamda o‘z-o‘zini anglash jarayonining psixologik jihatlari ochib berilgan. Maqolada o‘quvchilarda maqsadga intiluvchanlik, mas’uliyat va istiqbolni rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ham keltirilgan