O‘QUVCHILARDA INTERNETGA QARAMLIKNING OLDINI OLISHDA MAKTAB PSIXOLOGINING O‘RNI

Authors

  • Xoliqulova Gavhar Bahodirovna Author

Keywords:

internetga qaramlik, maktab psixologi, o‘smirlik davri, ruhiy salomatlik, psixologik profilaktika, media savodxonlik, ta’lim motivatsiyasi, ijtimoiy moslashuv

Abstract

Mazkur maqolada o‘quvchilar orasida tobora keng tarqalib borayotgan internetga qaramlik muammosi, uning psixologik va pedagogik oqibatlari hamda mazkur salbiy holatlarning oldini olishda maktab psixologining o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi yoshlarning bilim olish va muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirayotgan bo‘lsa-da, internetdan me’yoridan ortiq foydalanish ayrim hollarda ruhiy salomatlik va ijtimoiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada internetga qaramlikning shakllanish omillari, uning o‘quvchilar shaxsiyati va ta’lim faoliyatiga ta’siri hamda maktab psixologining diagnostik, profilaktik va korreksion faoliyati yoritilgan. Shuningdek, internetdan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan

Author Biography

  • Xoliqulova Gavhar Bahodirovna

    Navoiy viloyati Nurota tuman 48-umumta’lim maktabi psixologi

References

Published

2026-06-11