YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA IMTIHON OLDI HAYAJONI VA UNI YENGISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Keywords:
yuqori sinf o‘quvchilari, imtihon oldi hayajoni, stress, xavotir, emotsional holat, psixologik tayyorgarlik, o‘ziga ishonch, motivatsiya, stressga chidamlilik, relaksatsiya, ijobiy fikrlash, nafas olish mashqlari, vaqtni boshqarish, psixologik yordam, imtihon muvaffaqiyatiAbstract
Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilarida imtihon oldi hayajonining psixologik xususiyatlari, uning kelib chiqish sabablari va o‘quvchilarning emotsional holatiga ta’siri tahlil qilinadi. Imtihon jarayoni ko‘plab o‘quvchilar uchun mas’uliyatli va hayajonli vaziyat bo‘lib, ularning bilim darajasi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda ruhiy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada imtihon oldi stressi, xavotir va qo‘rquvning o‘quv faoliyatiga ta’siri yoritilib, ularni bartaraf etishning samarali psixologik usullari tavsiflanadi. Shuningdek, o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish, ijobiy fikrlash, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va stressga chidamlilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati ochib beriladi. Ota-onalar, pedagoglar va maktab psixologlarining imtihon davrida o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni ham alohida yoritilgan