BO’LAJAK INGLIZ TILI O’QITUVCHILARIDA REFLEKSIV YONDASHUV ASOSIDA MULOQOT MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR
Keywords:
Muloqot madaniyati, integrativ yondashuv, kommunikativ kompetensiya, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari, pedagogik faoliyat, nutq madaniyati, kasbiy kompetensiyaAbstract
Ushbu maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida refleksiv yondashuv asosida muloqot madaniyatini takomillashtirish jarayonidagi asosiy muammolar tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida refleksiv yondashuv o‘qituvchining o‘z pedagogik faoliyatini tahlil qilishi, baholashi va rivojlantirishi uchun muhim omil sifatida qaraladi. Biroq amaliyotda ushbu yondashuvni samarali qo‘llashda bir qator to‘siqlar mavjud. Maqolada refleksiya jarayonining yetarli darajada shakllanmaganligi, metodik tayyorgarlikning pastligi, amaliy mashg‘ulotlar yetishmasligi hamda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda nazariy va amaliy bog‘liqlikning zaifligi kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘z nutqini tahlil qilish va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi ham alohida ta’kidlanadi.