KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH VA RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH
Abstract
Mazkur ilmiy tezisda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotda kichik biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni, uning rivojlanish omillari va samaradorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar tahlil qilingan. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda boshqaruv, moliyaviy resurslar, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarning ahamiyati yoritib berilgan.
Ilmiy ishda kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini oshirishning zamonaviy usullari, xususan, marketing strategiyalari, mahsulot sifatini yaxshilash, xarajatlarni optimallashtirish hamda mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuvlar asoslab berilgan. Tadqiqot yakunida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan