О‘ZBEK XALQIDA NON MADANIYATI VA UNGA OID AN’ANAVIY E’TIQODLAR (FARG‘ONA VODIYSI MISOLIDA)

Authors

  • Sherzod Abdusatorov Mavlonjon o‘g‘li Author

Keywords:

Farg‘ona vodiysi, taomlanish madaniyati, non, bug‘doy, don mahsulotlari, marosim taomlari, chalpak, qatlama, bo‘g‘irsoq, etnografiya, xalq e’tiqodlari, an’analar, urf-odatlar, milliy taomlar

Abstract

Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi aholisining don mahsulotlari asosida shakllangan an’anaviy taomlanish madaniyati etnografik jihatdan tahlil qilingan. Xususan, bug‘doydan tayyorlanadigan mahsulotlar, non va non mahsulotlarining xalq turmushidagi o‘rni, ular bilan bog‘liq urf-odatlar, e’tiqodlar va marosim amaliyotlari yoritilgan. Tadqiqot davomida nonning nafaqat oziq-ovqat mahsuloti, balki muqaddas ne’mat, farovonlik, rizq-nasiba va ijtimoiy qadriyatlar ramzi sifatidagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, chalpak, qatlama, bo‘g‘irsoq kabi an’anaviy un mahsulotlarining marosimlar tizimidagi o‘rni va bugungi kundagi saqlanish holati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysi taomlanish madaniyatining tarixiy-etnografik xususiyatlarini aniqlash va milliy madaniy merosni o‘rganishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi

Author Biography

  • Sherzod Abdusatorov Mavlonjon o‘g‘li

    O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti Arxeologiya va etnologiya kafedrasi dotsent v.b. (PhD)

    ORCID 0000-0002-9963-3355

    E-mail: sherzodabdusattorov2@gmail.com

References

Published

2026-06-13