QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Abstract
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) global energiya iste’moli o‘sib borayotgan, iqlim o‘zgarishini yumshatish va uglerod izini kamaytirish zarurati ortib borayotgan sharoitda yuqori istiqbolli va barqaror sektor sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu manbalar quyosh, shamol, gidro va geotermal issiqlik kabi tabiiy ravishda tiklanadigan resurslardan olinadi, bu esa ularning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlaydi. So‘nggi o‘n yillikda QTEMning global elektr energiyasi ta’minotidagi ulushi sezilarli darajada oshdi, xususan, quyosh va shamol energiyasi 2011-yildagi 2%dan 2021-yilda 10%ga yetdi . Bu o‘sish hukumatlarning uglerod chiqindilarini kamaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan subsidiyalari va soliq imtiyozlari bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda