TARBIYA DARSLARIDA TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI O‘YINLARDAN FOYDALANISHDA FOMATIV VA SUMMATIV BAHOLASH BOSQICHLARI
Keywords:
tarbiya darslari, tafakkur, rivojlantiruvchi o‘yinlar, formatif baholash, summativ baholash, o‘yin texnologiyasi, ijodiy fikrlash, ta’lim samaradorligiAbstract
Maqolada tarbiya darslarida o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish jarayonida formatif (joriy) va summativ (yakuniy) baholash bosqichlarining ahamiyati, mazmuni hamda ularni amaliyotda qo‘llash metodikasi ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini faollashtiruvchi didaktik o‘yinlar orqali ularning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosa chiqarish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, formatif baholashning o‘quv jarayonida o‘quvchini doimiy kuzatish, rag‘batlantirish, individual yondashuvni ta’minlashdagi o‘rni hamda summativ baholashning o‘quv yili yakunida o‘quvchi erishgan natijalarni tizimli tarzda umumlashtirishdagi vazifasi asoslab berilgan