SURDOPEDAGOG, OTA-ONA HAMKORLIGIDA KOXLEAR IMPLANT BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA TAYYORLASHNING SAMARADORLIGI
Keywords:
koxlear implant, inklyuziv ta’lim, surdopedagog, ota-ona hamkorligi, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, reabilitatsiya, nutq rivojlanishi, kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy moslashuv, pedagogik samaradorlikAbstract
Ushbu maqolada surdopedagog va ota-onalar hamkorligida koxlear implantli bolalarni inklyuziv ta’limga tayyorlashning samaradorligi masalalari tahlil qilingan. Koxlear implantatsiyadan keyingi reabilitatsiya jarayonida bolaning eshitish idroki, nutqiy rivojlanishi, kommunikativ kompetensiyasi va ijtimoiy moslashuvini shakllantirishda surdopedagog hamda ota-onalarning o‘zaro hamkorligi muhim omil sifatida yoritilgan. Tadqiqotda hamkorlikning pedagogik shart-sharoitlari, samarali shakllari va usullari ko‘rib chiqilib, ularning inklyuziv ta’limga tayyorgarlik darajasiga ta’siri ochib berilgan. Olingan natijalar ota-onalar va surdopedagoglar o‘rtasidagi tizimli hamkorlik koxlear implantli bolalarning inklyuziv ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ta’minlashini ko‘rsatadi