OVQAT HAZM QILISH BEZLARI (JIGAR, ME’DA OSTI BEZI) FUNKSIYALARI
Keywords:
Hepar, pancreas, glandulae digestoriae, bilis, fermenta digestiva, insulina, glucagonum, metabolismus, digestio, homeostasis, absorptio, secretioAbstract
Ovqat hazm qilish bezlari organizmda oziq moddalarning parchalanishi, so‘rilishi va almashinuv jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Jigar va me’da osti bezi hazm tizimining asosiy yordamchi bezlari hisoblanadi. Jigar safro ishlab chiqarib, yog‘larning emulsifikatsiyalanishini ta’minlaydi hamda oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida faol ishtirok etadi. Bundan tashqari, u organizmni zaharli moddalardan tozalash va glikogen zaxirasini saqlash vazifalarini bajaradi. Me’da osti bezi esa hazm fermentlarini ishlab chiqarib, oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning parchalanishini ta’minlaydi. Uning endokrin qismi insulin va glyukagon gormonlarini sintez qilib, qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi. Mazkur maqolada jigar va me’da osti bezining tuzilishi, fiziologik funksiyalari hamda ovqat hazm qilish jarayonidagi o‘rni yoritilgan