GAMIFIKATSIYA TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASHDA XALQ O‘YINLARINING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Keywords:
gamifikatsiya, xalq o‘yinlari, milliy qadriyatlar, maktabgacha ta’lim, pedagogik texnologiya, vatanparvarlik, ma’naviy tarbiya, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion ta’lim, bolalar rivojlanishiAbstract
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda xalq o‘yinlarining pedagogik imkoniyatlari hamda ularni gamifikatsiya texnologiyasi asosida tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Xalq o‘yinlarining bolalarning ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-emotsional, jismoniy va intellektual rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim jarayonida gamifikatsiya elementlari — ballar, darajalar, rag‘batlantirish tizimi, topshiriqlar va kvestlardan foydalanish orqali bolalarda milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik, hamkorlik, insonparvarlik va milliy o‘zlikni anglash kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari xalq o‘yinlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan integratsiyalash maktabgacha ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.