FORS ADABIYOTIDA QAHRAMONLIK VA VATANPARVARLIK G‘OYALARINING BADIIY TALQINI

Authors

  • Sevar Shamuradova Author

Keywords:

fors-tojik adabiyoti, qahramonlik eposi, Rustam, Siyovush, Isfandiyor, tarixiy xotira, badiiy talqin, ma’naviy meros, Sharq adabiyoti

Abstract

Ushbu maqolada fors-tojik mumtoz adabiyotining yirik vakili Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” dostoni misolida qahramonlik va vatanparvarlik g‘oyalarining badiiy-estetik hamda g‘oyaviy-falsafiy talqini tadqiq etiladi. Asarda Eron davlatchiligi tarixining afsonaviy, qahramonlik va tarixiy davrlari tasviri orqali milliy o‘zlikni anglash, Vatan ravnaqi uchun fidoyilik, xalq manfaatlarini himoya qilish va adolat tamoyillarining badiiy ifodasi yoritilgan. Tadqiqotda Rustam, Siyovush, Isfandiyor kabi qahramonlar obrazlari tahlil qilinib, ularning shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yilgan vatanparvarlik fazilatlari, yurt tinchligi va mustaqilligi yo‘lidagi kurashlari ochib beriladi. “Shohnoma”ning fors xalqi milliy tafakkuri, tarixiy xotirasi va ma’naviy qadriyatlarini shakllantirishdagi o‘rni hamda uning Sharq xalqlari adabiy merosidagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi

Author Biography

  • Sevar Shamuradova

    O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi,  O‘zMU Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti

References

Published

2026-06-14