“QUTADG‘U BILIGDA KOMIL INSON KONSEPSIYASINING LINGVISTIK IFODASI”
Keywords:
Qutadg‘u bilig, tahlil, ma’naviy-axloqiy, komil inson,ilm va aql,adolat,sabr va qanoat,adolatAbstract
Mazkur tezisda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida komil inson konsepsiyasining lingvistik ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarda komil inson obrazi alohida bir leksema yoki termin orqali emas, balki ilm, aql, hikmat, adolat, sabr va qanoat kabi ma’naviy-axloqiy mazmunga ega bo‘lgan birliklar tizimi orqali shakllantirilishi ko‘rsatib beriladi. Tahlil natijasida mazkur leksemalar o‘zaro semantik bog‘liqlik hosil qilishi hamda insonning aqliy, axloqiy va ma’naviy kamolotini ifodalovchi yagona konseptual maydonni tashkil etishi aniqlanadi. Muallif tomonidan ilgari surilgan komil inson modeli ilm va tafakkur, axloqiy yetuklik hamda adolat tamoyillarining uyg‘unligi asosida qurilganligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari “Qutadg‘u bilig”dagi konseptual leksikaning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishga xizmat qiladi