KIMYO FANIDA QO‘LLANILADIGAN DASTURIY ILOVALAR VA ULARNING TURLARI
Keywords:
kimyo, dasturiy ilovalar, hisoblash kimyosi, molekulyar modellashtirish, kvant kimyo, laboratoriya axborot tizimlari, kimyoviy ma’lumotlar bazalari, virtual laboratoriyaAbstract
Mazkur maqolada kimyo fanida qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy ilovalar, ularning tasnifi, funksional imkoniyatlari hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim jarayonlaridagi o‘rni tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida kimyo fanida hisoblash usullariga asoslangan yangi yo‘nalishlar, jumladan, hisoblash kimyosi, molekulyar modellashtirish, kvant-kimyoviy tahlil va laboratoriya axborot tizimlari keng rivojlandi. Zamonaviy dasturiy vositalar murakkab kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, tajriba natijalarini qayta ishlash, yangi moddalar xossalarini oldindan bashorat qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish imkonini bermoqda. Maqolada kimyo sohasida keng qo‘llaniladigan dasturlar guruhlarga ajratilib, ularning amaliy ahamiyati va istiqbollari yoritilgan