RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI
Keywords:
Raqamli iqtisodiyot, kichik biznes, tadbirkorlik, innovatsiya, elektron savdo, iqtisodiy o‘sish, raqamli texnologiyalar, bandlik, investitsiya, raqobatbardoshlikAbstract
Ushbu tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes subyektlarini rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati, ularning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, bandlikni ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Hozirgi davrda raqamli texnologiyalar biznes yuritish jarayonlariga chuqur kirib bormoqda. Elektron savdo, onlayn to‘lov tizimlari, raqamli marketing, masofaviy xizmat ko‘rsatish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari kichik biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotga moslashish jarayonida moliyaviy resurslar yetishmasligi, raqamli savodxonlik darajasining pastligi, infratuzilma muammolari va raqobatning kuchayishi kabi muammolar ham mavjud. Tadqiqotda kichik biznesning raqamli transformatsiyasi iqtisodiy barqarorlik, ishlab chiqarish samaradorligi va bozor raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili sifatida baholanadi.