INFLYATSIYA SABABLARI VA IQTISODIYOTGA TA’SIRI
Keywords:
Inflatsiya, iqtisodiyot, pul qadrsizlanishi, narx-navoning oshishi, monetar siyosat, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiy barqarorlikAbstract
Mazkur maqolada inflatsiyaning iqtisodiy mazmuni, uning kelib chiqish sabablari, turlari hamda mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy jihatdan keng yoritilgan. Shuningdek, inflatsiya natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy va ijtimoiy muammolar, jumladan aholi real daromadlarining kamayishi, milliy valyuta qadrsizlanishi, investitsion muhitning yomonlashuvi va iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’siri tahlil qilingan. Maqolada inflatsiyani yuzaga keltiruvchi asosiy omillar sifatida ortiqcha pul emissiyasi, ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi, talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik hamda tashqi iqtisodiy omillar ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, inflatsiyani kamaytirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida davlat tomonidan olib boriladigan monetar va fiskal siyosatning ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot davomida inflatsiyaning iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri tahlil qilinib, uni samarali boshqarish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.