RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Badalbayeva Irodaxon Xabibulayevna Author

Keywords:

raqamli texnologiyalar, ta’lim tizimi, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim, elektron ta’lim resurslari, innovatsion ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli

Abstract

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi jamiyatning barcha sohalari qatori ta’lim tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), bulutli texnologiyalar, masofaviy ta’lim platformalari va raqamli ta’lim resurslari ta’limning mazmuni, shakli hamda metodlarini tubdan yangilash imkoniyatlarini yaratmoqda. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya jarayonlari ta’lim sifati, ochiqligi, qulayligi va samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda sohaga oid qator farmon va qarorlar raqamli ta’lim muhitini shakllantirishning huquqiy asoslarini mustahkamladi

Author Biography

  • Badalbayeva Irodaxon Xabibulayevna

    Andijon davlat chet tillar instituti “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi (PhD)

References

Published

2026-06-16