XALQARO HUQUQ TERMINLARINING TARJIMA LUG‘ATLARDA BERILISHI
Keywords:
Terminologiya, xalqaro huquq, leksikografik talqin, amnistiya, deklaratsiyaAbstract
. Terminologiya yoki umumiy qilib aytganda terminologik leksika lug‘atlarning shu bilan birga umumtil leksikasining tarkibiy qismi sifatida filologik lug‘atlarning o‘rganish obyekti hisoblanadi. Lekin turli tipdagi lug‘atlarda aynan bir terminga berilgan ta’riflar mohiyatan bir xil bo‘lmasligi mumkin. Shu jihatdan sohaviy terminlarning leksikografik tadqiqini amalga oshirish dolzarbdir. Ushbu maqola xalqaro huquq doirasida keng qo‘llanuvchi terminlarning leksikografik jihatdan tahliliga bag‘ishlangan. Terminlarning o‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan definitsiyalari taqqoslanib, ularning ba’zi jihatdan farqlanishi ilmiy jihatdan asoslangan. Shuningdek, bir nechta xalqaro huquqiy terminlarning yangi ma’nolari misollar yordamida yoritilgan