QADIMGI MUTAFAKKIRLAR QARASHLARI KONTEKSTIDA TA’LIM XIZMATLARI VA ULARNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI
Keywords:
ta’lim xizmatlari, qadimgi mutafakkirlar, inson kapitali, tarbiya, bilim, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, Al-Farobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, O‘zbekiston.Abstract
Mazkur maqolada ta’lim xizmatlarining tarixiy-nazariy asoslari qadimgi va o‘rta asr Sharq mutafakkirlari qarashlari prizmasida tahlil qilinadi. Al-Farobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Markaziy Osiyoning boshqa ilmiy-falsafiy merosi vakillarining g‘oyalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’limning shaxs kamoloti, ma’naviy tarbiya, inson kapitalini shakllantirish va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritib berilgan. Buyuk mutafakkirlar asarlarida ta’lim nafaqat bilimlarni uzatish vositasi, balki adolatli boshqaruv, ijtimoiy farovonlik va iqtisodiy rivojlanishning asosi sifatida talqin etilgani ta’kidlangan. Maqolada Sharq mutafakkirlari intellektual merosi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ta’lim xizmatlarini strategik resurs sifatida tushunishda bugungi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega ekanligi xulosa qilinadi.