TA’LIM XIZMATLARI IQTISODIY KO‘RSATKICH SIFATIDA: INSON OMILINING ROLI

Authors

  • Mansurova Muzaffarra Maxsudovna Author

Keywords:

ta’lim, ta’lim xizmatlari, ta’lim sohasi, ta’lim sohasining rivojlanishi, inson kapitali, inson kapitaliga investitsiya, kelajakka investitsiya, malakali ishchi kuchi, mehnat bozori, ta’lim xizmatlari subyektlari, ta’lim xizmatlari obyektlari, mehnat bahosi, shaxsiy rivojlanish, davlat ta’lim muassasalari, pullik ta’lim xizmatlari.

Abstract

Maqolada ta’lim xizmatlarining muhim iqtisodiy ko‘rsatkich va inson kapitalini shakllantirish omili sifatidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy sharoitda ta’lim nafaqat ijtimoiy sohaning tarkibiy qismi, balki davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi strategik resurs sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Ta’lim xizmatlari tizimida inson omilining roli, jumladan, ta’lim oluvchilarning motivatsiyasi, o‘qitish sifati, ijtimoiy muhit va shaxsning individual xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi misolida ta’lim sohasining rivojlanishini ifodalovchi ayrim ko‘rsatkichlar, xususan, ta’limga yo‘naltirilgan xarajatlar, aholining savodxonlik darajasi, oliy ta’lim muassasalari soni, ta’lim xizmatlari hajmi va dinamikasi tahlil qilinadi. Xulosa sifatida ta’lim xizmatlarining samaradorligi nafaqat miqdoriy ko‘rsatkichlar va moliyalashtirish hajmiga, balki ta’lim tizimining zamonaviy iqtisodiyot talablariga mos sifatli inson kapitalini shakllantirish qobiliyatiga ham bog‘liqligi ta’kidlanadi.

Author Biography

  • Mansurova Muzaffarra Maxsudovna

    o‘qituvchi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

    E-mail: mansurovam1919@gmail.com

     

References

Published

2026-06-17