ZAMONAVIY MASHRABSHUNOSLIK
Keywords:
Mashrabshunoslik, ilmiy manbalar, maqolalar, muammolar, natijalarAbstract
Rahimbobo Mashrab haqidagi ilk maʼlumotlar shoirga zamondosh bo‘lgan adiblar asarlarida o‘z aksini topgan. XVII-XIX asrlarda yaratilgan ayrim tazkiralarda Rahimbobo Mashrab hayoti va faoliyati haqida katta-kichik maʼlumotlar keltiriladi. Bunday xabarlar Muhammad Badeʼ Malehoning “Muzakkir-ul asʼhob”, Abdul Mutallibxo‘ja Fahmiyning “Tazkirai Fahmiy”, Majzub Namangoniyning “Tazkirat ul-avliyo”, Abdushukur Ziyoning “Musavvadai Abdushukur Ziyo” tazkiralarida, shuningdek, Muhammad Hakimxon To‘ra, Mirza Olim Mushrif, Mir Xaladdin Kotib Yorkendiy, Muhammad Sodiq Qashqariy, Muhammad Emin Sadr Qashqariy, Fozil Cho‘ras, Mulla Musa Sayramiy kabilarning holot va manoqiblarda Mashrab va uning zamondoshlari haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. XX-XXI asrlarda ham Mashrab hayoti va faoliyati ilmiy jihatdan o‘rganilib, ushbu maqolada shular haqida muxtasar so‘z yuritiladi.