MOLIYAVIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA TIJORAT BANKLARINING O‘RNI

Authors

  • Primova Dilafruz To‘lqinovna Author

Keywords:

Moliyaviy investitsiyalar, tijorat banklari, investitsion faoliyat, investitsiya jarayoni, bank krediti, kapital qo‘yilmalar, moliyaviy vositachilik, investitsion muhit, bank resurslari, investitsion jozibadorlik, real sector.

Abstract

Mazkur tezisda moliyaviy investitsiyalarni jalb qilish jarayonida tijorat banklarining o‘rni va ahamiyati nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishning muhim omili hisoblanadi. Ushbu jarayonda tijorat banklari investitsion resurslarni shakllantirish, ularni iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha samarali taqsimlash va investitsiya faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda asosiy moliyaviy vositachi sifatida namoyon bo‘ladi. Tezisda tijorat banklarining investitsion faoliyatni rag‘batlantirishdagi funksiyalari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari hamda investitsion jarayonlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar yoritiladi. Shuningdek, banklarning kreditlash, lizing, loyihaviy moliyalashtirish va boshqa moliyaviy instrumentlar orqali investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi, kapitallashuv darajasi, resurs bazasi va zamonaviy bank xizmatlarining rivojlanishi investitsion faollikka ta’sir etuvchi muhim omillar sifatida baholanadi.

Author Biography

  • Primova Dilafruz To‘lqinovna

    Toshkent amaliy fanlar universiteti “Bank va moliya” kafedrasining assistenti

References

Published

2026-06-17