O‘QUVCHILARNING TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA ROBOTOTEXNIKA ELEMENTLARI MAZMUNI

Authors

  • Yo‘ldoshev Mirjalol Qosim o‘g‘li Author

Keywords:

texnologiya ta’limi, texnik tafakkur, robototexnika, mexatronika, funksional-faoliyatli model, algoritmik tafakkur, muhandislik fikrlashi, loyiha faoliyati, amaliy ko‘nikmalar, innovatsion ta’lim

Abstract

Mazkur maqolada texnologiya fani darslari jarayonida o‘quvchilarning texnik tafakkurini rivojlantirishning pedagogik asoslari, bosqichlari va funksional-faoliyatli modeli yoritilgan. Tadqiqotda robototexnika va mexatronika elementlarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, algoritmik va konstruktiv tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Texnik tafakkurni shakllantirishning tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi bosqichlari hamda motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv-tahliliy komponentlardan iborat funksional-faoliyatli model tavsiflangan. Shuningdek, texnik tafakkur darajalarini baholash mezonlari hamda loyiha faoliyati, muammoli vaziyatlar va robototexnika mashg‘ulotlari asosida o‘quvchilarning muhandislik fikrlashi, ijodkorligi va mustaqil qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari asoslab berilgan

Author Biography

  • Yo‘ldoshev Mirjalol Qosim o‘g‘li

    JDPU, Texnologik ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

References

Published

2026-06-27