TABRIK MATNLARINI TARJIMA QILISHDA PRAGMATIK MOSLIK VA MADANIY ADAPTATSIYA STRATEGIYALARI

Authors

  • Xudoyberdiyeva Nargiza Xayrullo qizi Author

Keywords:

tabrik matni, pragmatik moslik, madaniy adaptatsiya, tarjima strategiyasi, kompensatsiya, transliteratsiya, izohli tarjima, milliy realiya

Abstract

Mazkur maqolada tabrik matnlarini o‘zbek tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda qo‘llanadigan pragmatik moslik, madaniy adaptatsiya, kompensatsiya, transliteratsiya va izohli tarjima strategiyalari tahlil qilinadi. Tabrik matnlari formulaviy, ekspressiv va marosimiy xarakterga ega bo‘lgani sababli ularning tarjimasida manba matn shaklini emas, balki kommunikativ vazifasini saqlash muhimdir. Maqolada rasmiy va norasmiy tabriklar, milliy bayram realiyalari, diniy-ma’naviy birliklar hamda emotsional-ekspressiv ifodalarni tarjima qilishdagi asosiy muammolar ko‘rib chiqiladi. Natijada tabrik matnlarini tarjima qilish uchun samarali strategiyalar va amaliy tavsiyalar taklif etiladi

Author Biography

References

Published

2026-07-07