NEMIS TILI DARSIDA INTERAKTIV MASHQLARDAN FOYDALANISH
Abstract
Bugungi globallashuv sharoitida xorijiy tillarni mukammal o‘rganish zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, nemis tili iqtisodiyot, fan, texnologiya va xalqaro hamkorlik sohalarida keng qo‘llanilishi sababli unga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Shu bois nemis tilini o‘qitishda an’anaviy usullardan tashqari zamonaviy, interaktiv va innovatsion metodlardan foydalanish dolzarb masalaga aylangan.Interaktiv mashqlar o‘quvchini darsning faol ishtirokchisiga aylantiradi. Bunday mashqlar orqali o‘quvchilar tinglash, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantiradi. Natijada tilni amaliy qo‘llash, muloqotga kirishish va fikrni erkin ifodalash imkoniyatlari kengayadi.Mazkur maqolaning maqsadi nemis tili darslarida interaktiv mashqlarning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilish, ularning afzalliklarini yoritish hamda amaliy qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.