YILLIK TAYYORGARLIK SIKLIDA YOSH TRIATLONCHILARNI MASHG‘ULOT YUKLAMALARINI OPTIMALLASHTIRISH
Keywords:
triatlon, yosh sportchilar, yillik tayyorgarlik sikli, mashg‘ulot yuklamasi, makrotsikl, mezotsikl, mikrosikl, sport tayyorgarligi, chidamlilik, funksional tayyorgarlik, sport natijalari, optimallashtirishAbstract
Ushbu maqolada yillik tayyorgarlik sikli davomida yosh triatlonchilarning mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish masalalari tahlil qilingan. Triatlon sport turi suzish, velosport va yugurish kabi uch xil yo‘nalishni o‘z ichiga olganligi sababli sportchilardan yuqori darajadagi jismoniy, funksional va psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Tadqiqotda yosh sportchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, yillik makrotsikl, mezotsikl va mikrosikllar doirasida yuklamalarni taqsimlashning samarali usullari ko‘rib chiqilgan. Mashg‘ulot hajmi va intensivligini muvozanatlashtirish orqali sport natijalarini oshirish, ortiqcha charchash va jarohatlanishlarning oldini olish imkoniyatlari tahlil etilgan