QURILISH SANOATI KORXONALARIDA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA BOSHQARISH MEXANIZMINI SHAKLLANTIRISH XUSUSIYATLARI
Keywords:
qurilish sanoati, investitsiya, investitsion jozibadorlik, moliyalashtirish manbalari, investitsiya mexanizmi, risk, loyiha portfeli, davlat-xususiy sheriklik, kapital qiymatiAbstract
Maqolada qurilish sanoati korxonalarida investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanishni boshqarish mexanizmini shakllantirishning nazariy-uslubiy jihatlari tadqiq etilgan. Qurilish sanoatining kapital sig‘imi yuqoriligi, loyihalarning uzoq muddatliligi, pul oqimlarining bosqichma-bosqich shakllanishi va tarmoq risklarining o‘ziga xosligi investitsiya mexanizmlarini kompleks boshqarishni talab qilishi asoslangan. Investitsiya ehtiyojini aniqlash, loyihalar portfelini shakllantirish, moliyalashtirish manbalarini optimallashtirish, investitsion jozibadorlikni oshirish, risklarni baholash hamda natijadorlikni monitoring qilishdan iborat integratsiyalashgan mexanizm taklif etilgan. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik, bank krediti, korporativ obligatsiyalar, lizing, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ichki reinvestitsiya manbalarining afzallik hamda cheklovlari tizimlashtirilgan