O‘QUVCHILARDA BADIIY ASARLARNI O‘RGANISHGA DOIR TEXNOLOGIYALAR
Keywords:
badiiy asar, pedagogik texnologiya, interfaol metodlar, adabiyot ta’limi, raqamli texnologiyalar, tanqidiy fikrlash, kitobxonlik, kompetensiya, innovatsion ta’limAbstract
Mazkur tezisda o‘quvchilarda badiiy asarlarni o‘rganish jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning ilmiy-metodik jihatlari yoritilgan. Badiiy asarni chuqur anglash, matnni tahlil qilish, obrazlar tizimini tushunish hamda o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishda interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion ta’lim yondashuvlarining o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, adabiyot darslarida loyiha metodi, muammoli ta’lim, klaster, aqliy hujum, INSERT, “Baliq skeleti”, “Konseptual jadval” kabi metodlardan foydalanishning amaliy samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari badiiy asarlarni o‘rganishda zamonaviy texnologiyalar o‘quvchilarning o‘qishga qiziqishini oshirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.