AUTIZM SPEKTR BUZILISHIDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Authors

  • Abdijalilova Dono Yakubjan qizi Author

Keywords:

Autizm spektr buzilishi, nutq rivojlanishi, logopedik korreksiya, kommunikativ ko‘nikma, erta aralashuv, vizual qo‘llanmalar, o‘yin terapiyasi, individual yondashuv, ijtimoiy moslashuv, exolaliya

Abstract

Mazkur maqolada Autizm Spektr Buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarda nutqni rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy usullari tahlil qilingan. Autizm spektr buzilishida nutq va kommunikativ faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, echolaliya, dialogik nutqning sustligi hamda ijtimoiy muloqotdagi qiyinchiliklar yoritib berilgan. Maqolada erta aralashuv, xulq-atvorni tahlil qilishga asoslangan yondashuv, vizual qo‘llanmalar va o‘yin terapiyasi kabi zamonaviy logopedik metodlarning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, logopedik ishning bosqichlari va ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tizimli va individual yondashuv nutqiy rivojlanishni sezilarli darajada yaxshilaydi hamda bolaning ijtimoiy moslashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

Author Biography

  • Abdijalilova Dono Yakubjan qizi

    Alfraganus universiteti

    Ijtimoiy fanlar fakulteti

    Maxsus pedagogika(Logopediya) yo`nalishi

    2-bosqich talabasi

References

Published

2026-08-06