BOJXONA NAZORATIDA XAVFLARNI BOSHQARISH TIZIMINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH (JAHON SAVDO TASHKILOTINING SAVDONI OSONLASHTIRISH BITIMI TALABLARI ASOSIDA)
Abstract
Jahon savdosi hajmining barqaror o‘sishi sharoitida bojxona organlari oldida ikki tomonlama vazifa turibdi: bir tomondan, qonuniy savdo oqimini tezlashtirish va soddalashtirish, ikkinchi tomondan, boj va soliqlarning to‘liq undirilishini ta’minlash, kontrabanda, kontrafakt hamda taqiqlangan tovarlar aylanishining oldini olish. Barcha tovar partiyalarini yalpi tekshirish tashqi savdoga salbiy ta’sir ko‘rsatishi sababli, zamonaviy bojxona nazorati tanlab tekshirish tamoyiliga, ya’ni xavflarni boshqarish tizimiga (XBT) asoslanadi. Shu bois XBTni huquqiy tartibga solishning xalqaro standartlarga muvofiqligi dolzarb ilmiy va amaliy masala hisoblanadi.
References
Downloads
Published
2026-08-14
Issue
Section
Articles