BOJXONA QIYMATINI ANIQLASH BO‘YICHA DASTLABKI QARORLAR INSTITUTINI JAHON SAVDO TASHKILOTI TALABLARI ASOSIDA HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
Abstract
Tashqi savdo hajmining o‘sishi va O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni sharoitida tovarlarning bojxona qiymatini adolatli, shaffof va oldindan bashoratlanadigan tarzda aniqlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bojxona qiymati boj va soliqlarning asosini tashkil etgani bois uni belgilashdagi noaniqlik, bir tomondan, davlat fiskal manfaatlariga, ikkinchi tomondan, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining huquqiy aniqligiga tahdid soladi. Ushbu muammoni hal etishning samarali huquqiy vositasi — dastlabki qarorlar (advance rulings) instituti bo‘lib, u tovar bojxona hududiga kelmasdan oldin uning tasnifi va bojxona qiymatini aniqlash bo‘yicha bojxona organi tomonidan beriladigan, huquqiy kuchga ega yozma qaror shaklida namoyon bo‘ladi.