KADRLARDA MA’NAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Keywords:
ma’naviy-axloqiy kompetensiya, kadrlar tayyorlash, uzluksiz ma’naviy tarbiya, mafkuraviy immunitet, milliy qadriyatlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, mafkuraviy tarbiya, Yangi O‘zbekiston, targ‘ibot.Abstract
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida zamonaviy mutaxassis kadrlarda tayanch ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning asosiy omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasiga asoslangan bo‘lib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, milliy qadriyatlar va mafkuraviy tarbiya kadrlarni tayyorlashning uzviy tarkibiy qismlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Globallashuv va axborotlashuv sharoitida yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida ma’naviy tarbiya nafaqat ta’lim muassasalari, balki oila, mahalla va butun jamiyatning uzviy hamkorligini talab etuvchi kompleks jarayon ekanligi asoslanadi.