OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLIY IQTISODIY RESURSLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Keywords:
oilaviy tadbirkorlik, mahalliy iqtisodiy resurslar, mehnat resurslari, mahalliy xomashyo, oilaviy ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, resurslardan samarali foydalanish, qo‘shimcha qiymat, hududiy bozor.Abstract
Ushbu maqolada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mahalliy iqtisodiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatida mehnat resurslari, kasbiy ko‘nikmalar, mahalliy xomashyo, ishlab chiqarish imkoniyatlari va hududiy bozor talablaridan samarali foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Oilaviy tadbirkorlikning mavjud resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb etish, oilaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda qo‘shimcha qiymat yaratishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Qashqadaryo viloyati sharoitida oilaviy tadbirkorlik faoliyatining hududiy xususiyatlari va mahalliy resurslardan foydalanish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mavjud iqtisodiy resurslarni hududning bozor talabi va ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.