MATEMATIKA DARSLARIDA FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Authors

  • Nurmuxamedova Umida Baxtiyar qizi Author

Keywords:

Matematika, fanlararo integratsiya, samaradorlik, innovatsion dars, kompetensiyaviy yondashuv, kreativ tafakkur, tahliliy fikrlash, interfaol metodlar, zamonaviy ta’lim, o‘quvchi, real hayot, ko‘nikma.

Abstract

Mazkur tezisda matematika darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanishning samaradorligi, integratsion yondashuvning o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilimlarni real hayotga tatbiq etish, mantiqiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish jarayoniga ijobiy ta’siri keng yoritiladi. Matematika ta’limini boshqa fanlar — fizika, informatika, biologiya, geografiya, texnologiya va san’at bilan bog‘lab tushuntirish o‘quvchilarda chuqur tushuncha, mustahkam bilim va zamonaviy ko‘nikmalar shakllantirishga xizmat qilishini ochib berishga urg‘u beriladi. Mazkur tezisda integratsion ta’lim tizimining asosiy prinsiplari, amaliy imkoniyatlari, usullar va yondashuvlariga, shuningdek, integratsiyalashgan darslarning o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tiladi. Ko‘tarilgan masala bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring va amaliy tadqiqot natijalari asosida, integratsion yondashuvning o‘quvchilarda kompetensiyaviy, kreativ, mustaqil va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, hozirgi ta’lim islohotlari talablariga mos bilimlar berishdagi roli tahlil qilinadi. Xususan, yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar hamda interfaol, innovatsion darslar namunasi asosida ilg‘or tajribalar o‘rganiladi va umumlashtiriladi.

Author Biography

References

Published

2026-08-15