OILAVIY ZO‘RAVONLIK TAJRIBASI VA O‘SMIRLARNING O‘Z-O‘ZIGA MUNOSABATI O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK

Authors

  • Abdullayeva Dilrabo Baxtiyor qizi Author

Keywords:

o‘smirlik, oilaviy zo‘ravonlik, o‘z-o‘ziga munosabat, o‘z-o‘zini baholash, psixologik travma, shaxsiy rivojlanish, emotsional holat, psixologik salomatlik.

Abstract

Mazkur tezisda oilaviy zo‘ravonlik tajribasining o‘smirlarning o‘z-o‘ziga munosabati shakllanishiga psixologik ta’siri masalasi tahlil qilinadi. O‘smirlik davrida shaxsning o‘zini anglashi, o‘ziga baho berishi, o‘z qadrini his qilishi va atrofdagilar bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi faol kechadi. Shu sababli aynan ushbu davrda oiladagi zo‘ravonlik holatlarining takroriy yoki uzoq muddatli ta’siri shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatida salbiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Tezisda oilaviy zo‘ravonlikning psixologik mexanizmlari, o‘z-o‘ziga munosabatning tarkibiy jihatlari hamda ular o‘rtasidagi bog‘liqlik nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, o‘smirlar bilan psixologik-diagnostik va korreksion ishlarni tashkil etish bo‘yicha ayrim amaliy tavsiyalar ilgari surilgan

Author Biography

  • Abdullayeva Dilrabo Baxtiyor qizi

    Urganch davlat pedagogika instituti
    Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

    dilrabobaxtiyorovna@gmail.com , +998937519019

References

Published

2026-09-10