MASHRAB IJODIDA XALQONA TAFAKKUR VA MUMTOZ POETIK AN’ANALAR

Authors

  • Nishonova Xurshida Yusufjanovna Author

Keywords:

xalqona tafakkur, mumtoz adabiyot, folklor, xalq og‘zaki ijodi, poyetik an’ana, tasavvuf, irfon, g‘azal, muxammas, musaddas, qo‘shiq, terma, badiiy sintez.

Abstract

Mazkur maqolada Boborahim Mashrab ijodida xalqona tafakkur va mumtoz poyetik an’analarning o‘zaro uyg‘unligi tahlil qilinadi. Shoir she’riyatida mumtoz adabiyotga xos g‘azal, muxammas va musaddas kabi janrlar, aruz vazni, tasavvufiy obraz va ramzlar bilan bir qatorda xalq og‘zaki ijodiga xos sodda va ta’sirchan til, takror, nido, murojaat, qo‘shiq va terma ohanglarining qo‘llanilishi yoritiladi. Mashrabning xalq tili va folklor poyetikasi imkoniyatlaridan foydalanib, murakkab irfoniy g‘oyalarni ommaga yaqin va tushunarli badiiy shaklda ifodalagani asoslanadi. Shuningdek, shoir ijodida Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy, Rumiy va Attor kabi ijodkorlar an’analarining o‘zlashtirilishi hamda ularning xalqona badiiy tafakkur bilan sintezlashuvi ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida Mashrab poyetikasida yozma adabiyot va folklor an’analarining uyg‘unlashuvi shoir ijodining o‘ziga xosligini belgilagan muhim estetik omil ekani aniqlanadi.

Author Biography

  • Nishonova Xurshida Yusufjanovna

    Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

    Namangan filiali Xorijiy tillar kafedrasi v.b dotsenti,

    filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)

References

Published

2026-09-13