O‘QUVCHILARDA SAVODXONLIK KO‘NIKMALARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA SHAKLLANTIRISHNING ZARURATI
Keywords:
savodxonlik, o‘qish savodxonligi, PIRLS, xalqaro baholash, boshlang‘ich ta’lim, o‘qib tushunish, matn bilan ishlash, tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish, kompetensiya, baholash mezonlari, raqamli savodxonlikAbstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarda savodxonlik, xususan, o‘qish savodxonligi ko‘nikmalarini PIRLS xalqaro baholash dasturi talablari asosida shakllantirishning pedagogik va metodik zarurati yoritiladi. PIRLS dasturining mazmuni, maqsadi, o‘qish jarayonida matnni tushunish, axborotni ajratish, xulosa chiqarish, talqin qilish, baholash hamda matn va vizual axborotni integratsiyalash kabi kompetensiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro baholash mezonlarini milliy boshlang‘ich ta’lim mazmuniga uyg‘unlashtirish, darslarda kompetensiyaviy topshiriqlardan foydalanish, raqamli matnlar bilan ishlash va o‘quvchining mustaqil fikrlashini qo‘llab-quvvatlash zarurati asoslanadi. Maqolada PIRLS yondashuvining o‘qituvchi faoliyati, o‘quvchi faolligi va baholash jarayoniga ta’siri yuzasidan metodik tavsiyalar beriladi.