O‘ZBEK INTERNET DISKURSIDA YANGI BIRLIKLARNING MA’NO GURUHLARI

Authors

  • Mirzanazarova Maxliyo Imomnazar qizi Author

Keywords:

internet diskursi, yangi birliklar, neologizm, leksika, semantika, ma’no guruhi, raqamli kommunikatsiya

Abstract

Ushbu tezisda o‘zbek internet diskursida faol qo‘llanayotgan yangi leksik birliklarning semantik xususiyatlari va ma’no guruhlari tahlil qilinadi. Raqamli kommunikatsiyaning rivojlanishi natijasida o‘zbek tilida yangi tushunchalarni ifodalovchi birliklar, o‘zlashmalar, internet terminlari hamda mavjud so‘zlarning yangi ma’noda qo‘llanishi faollashmoqda. Tadqiqotda internet diskursida uchraydigan yangi birliklar mazmuniy xususiyatlariga ko‘ra shaxs va faoliyat ishtirokchilari, raqamli kontent, kommunikativ harakat, texnologik jarayon, baholash va emotsional munosabat kabi guruhlarga ajratiladi

Author Biography

References

Published

2026-09-17