SHO‘RLANGAN TUPROQLAR SHAROITIDA “XinLuZao-57” G‘O‘ZA NAVINING TOMCHILATIB SUG‘ORISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Buxoro vohasi, sho‘rlangan tuproq, g‘o‘za, XinLuZao-57, sug‘orish tartibi, tuproq namligi, suv me’yori, hosildorlik, meliorativ holat, suv tejamkorlik.Abstract
Mazkur maqolada Buxoro vohasining sho‘rlangan tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning “XinLuZao-57” navini yetishtirishda sug‘orish tartibining ahamiyati yoritilgan. Hududning keskin qurg‘oqchil iqlimi, bug‘lanishning yuqoriligi, tuproqning turli darajada sho‘rlanganligi va sizot suvlar minerallashuvining ortib borishi g‘o‘za o‘sishi hamda hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitda sug‘orish muddatlari, sug‘orish me’yori, sug‘orish soni va tuproq namligini maqbul diapazonda ushlab turish muhim agrotexnik omil hisoblanadi. Maqolada “XinLuZao-57” navining biologik xususiyatlari, sho‘rlangan tuproqlarda suvga talabi va sug‘orish tartibining tuproqning suv-fizik holatiga, o‘simlikning o‘sishi va hosil elementlariga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, sho‘rlangan sharoitda resurs tejamkor sug‘orish rejimini shakllantirishning ilmiy-amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari sug‘orish tartibini to‘g‘ri tashkil etish nafaqat hosildorlikni oshirish, balki tuproqning meliorativ holatini barqaror saqlash, ikkilamchi sho‘rlanish xavfini kamaytirish va sug‘orish suvidan samarali foydalanishda muhim ekanligini ko‘rsatadi