ZAMONAVIY SHARQSHUNOSLIK TA’LIMIDA RAQAMLI MANBALARDAN FOYDALANISH: O‘ZBEKISTON VA BUYUK BRITANIYA TAJRIBASI

Authors

  • Olimova Dilafruz Olimjon qizi Author

Keywords:

sharqshunoslik, raqamli ta’lim, qo‘lyozma, elektron manba, raqamlashtirish, manbashunoslik, raqamli pedagogika, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Digital Humanities

Abstract

Mazkur tezisda zamonaviy sharqshunoslik ta’limining raqamli transformatsiyasi, xususan, elektron kutubxonalar, raqamlashtirilgan qo‘lyozmalar, elektron kataloglar va raqamli ilmiy platformalardan foydalanish imkoniyatlari O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tajribasi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondining elektron resurslari, Xorazm Ma’mun akademiyasida mavjud raqamli qo‘lyozma nusxalari hamda o‘zbekistonlik olimlarning raqamli ta’lim va madaniy merosni zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rganish bo‘yicha ilmiy qarashlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, Buyuk Britaniyadagi Digital Bodleian, Fihrist va Cambridge Digital Library kabi raqamli sharqshunoslik resurslari bilan qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. Tadqiqot natijasida raqamli manbalardan foydalanish sharqshunoslik ta’limida talabalarning manbashunoslik, mustaqil izlanish, qiyosiy tahlil va axborot kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslangan

Author Biography

  • Olimova Dilafruz Olimjon qizi

    Tel.: +998 94 220 27 09

References

Published

2026-09-17